Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Sevastopolda dronlar hujumi qaytarildi

Gubernator Razvojayev: Sevastopoldagi flot tomonidan ikkita pilotsiz uchar apparati urib tushirildi, yana bir nechtasi to‘xtatib qolindi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Sevastopolda dronlarning hujumi qaytarildi, ulardan ikkitasini urib tushirdi, qolganlarini zararsizlantirdi, deb xabar berdi shahar gubernatori Mixail Razvojayevning Telegram-kanalida.
"Erta tongda harbiylarimiz Sevastopolga navbatdagi uchuvchisiz samolyot hujumini qaytardi. Kachi hududida Qora dengiz floti qo‘shinlari ikkita uchuvchisiz uchar apparatini o‘q otish qurollari bilan urib tushirdi, yana bir nechta dron radio elektron qurilmalar yordamida to‘xtatib qolindi”, - deb yozdi gubernator.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda hech qanday obyekt zarar ko‘rmagan.
Barcha xizmatlar vaziyatni kuzatishda davom etmoqda, deya xulosa qildi shahar rahbari.
Shaharning yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sevastopol ko‘rfazida qayiqlar harakati ochiq, biroq parom qatnovi ishlamayapti.