O‘zbekiston va YeOII

Peskov: Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida onlayn ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik kuni... Bugun yig‘ilishda mehmon sifatida birinchi marta Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Haydarovich ishtirok etadi. Bundan tashqari, videoaloqa orqali O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ulanadi”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Ma’lumot uchun, Moskvada 24-25 may kunlari Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda YeOII mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Nikaragua, Venesuela, Indoneziya vakillari, shuningdek, BMT, JSST va Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillari, jami 2,5 mingdan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning markaziy va asosiy voqeasi YeOIIga a’zo davlatlar davlat rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bo‘ladi. Undan tashqari YeOII, ShHT va BRIKS o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqboldagi “YeOII-2030+ strategiyasi” va boshqa mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, forum doirasida “Texnologiya va hamkorlik”, “O‘zgaruvchan dunyoda YeOII”, “Yevrosiyo aloqalari”, “YeOII ichki bozori, bojxona. Hamkorlik, raqobat va davlat xaridlari”, “Strategik blok” va YeOII kabi mavzularda forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega. O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda YeOIIga a’zo mamlakatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 27-may kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining onlayn o‘tgan yig‘ilishida tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etgan edi.

Mavzuga oid:

Yevroosiyo iqtisodiy forumi: Putin nutqidan asosiy fikrlar
Moskvada "Ko‘p qutbli dunyoda Yevroosiyo integratsiyasi" forumi bo‘lib o‘tadi
Aripov YeOIIni elektron davlat xizmatlari sohasida yaqin hamkorlikka chorladi