TOShKENT, 25-may — Sputnik. Kiyev bozorlarida mevalar paydo bo‘la boshladi, lekin ularning narxi o‘tgan yilga nisbatan rekord darajada oshgan, deb yozadi "Strana.ua" nashri.
"Kiyevda bozorlarida rezavorlar savdoga chiqdi. Lekin ularning narxi 1000 grivnadan ($27) boshlanadi. Gilos 1200 grivna ($32), malina 1500 grivna ($40). Golubika 2000 grivna ($54)”, — deyiladi xabarda.
Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili gilos narxi o‘rtacha 200 grivnaga ($5) dollar), golubika 500 grivnaga ($14), malina esa 1000 grivna bo‘lgan.
"Narxlar qachon tushishi noma’lum. Deyarli barcha rezavorlar chet davlatlardan olib kelinadi. Balki, yaqin orada Zakarpatiyadan gilos olib kelish boshlanadi, bu qachon bo‘lishi aniq emas. Balki iyun oyi boshida", - deya nashr so‘zlarini keltirgan sotuvchi.
Ukrainada sabzavotlar bodring, pomidor va piyoz narxi ham 30 foizga oshgani haqida xabar qilingan edi.