TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov “ChessKid Cup-2023” turniri Grand finaliga yo‘l oldi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Nodirbek Abdusattorov onlayn tarzda o‘tkazilayotgan “ChessKid Cup-2023” turnirida ishtirok etmoqda. U 24-may kuni turnirning 1-divizioni finalida niderlandiyalik Jorden van Forestga qarshi dona surdi.
Qora donalarda o‘yin o‘tkazgan shaxmatchi 2,5:1,5 hisobida raqibini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi hamda turnirning Grand finalida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Mukofot jamg‘armasi 2 mln dollardan iborat bo‘lgan “Champions Chess Tour ChessKid Cup-2023” onlayn turniri 27-mayga qadar davom etadi.