Xitoy bilan quriladigan 11 ta elektr stansiya qaysi viloyatlarda paydo bo‘ladi?

O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda 11 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi. Sputnik ular aynan qaysi viloyatlarda paydo bo‘lishini aniqladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may – Sputnik. Xitoy bilan hamkorlikda quriladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari Samarqand, Buxoro, Jizzax, Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida paydo bo‘ladi. Bu haqida Sputnik muxbiriga Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Xitoyga amalga oshirilgan davlat tashrifi doirasida umumiy qiymati 4,4 milliard dollarlik 11 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish haqida kelishib olingan edi. Ularning umumiy quvvati 4,8 gigavattni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident farmoniga asosan davlat muassaslari va ijtimoiy obyektlarda tezlashtirilgan tartibda muqobil energiya manbalariga o‘tish boshlangan. 2023-yilda ushbu turdagi binolarda 2000 megavatt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirishni rejalashtirgan.