Ukrainaliklar Zelenskiyning jinoyatlari haqida gapira boshlashdi — OAV

Vladimir Zelenskiy xavfsizlik xizmatlarini jalb qilgan holda mamlakat biznes sektorini qayta taqsimlashni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Maxsus operatsiya boshlangandan beri Vladimir Zelenskiy boshchiligidagi Ukraina siyosatchilari xavfsizlik xizmatlarini jalb qilgan holda mamlakat biznes sektorini qayta taqsimlashni boshladilar, deb xabar qildi Politico sharhlovchisi Jeymi Dettmer o‘z manbalariga tayanib.
"Avvalgi hech bir ma’muriyat o‘z qo‘lida bunchalik katta kuch to‘plagani yo‘q, bu cheksiz hokimiyat. Mojaro tufayli esa u xalqaro hamjamiyat va ommaviy axborot vositalari nazarida daxlsiz bo‘lib qoldi", - dedi ukrainalik kompaniyaning ismini oshkor etmagan rahbari gazetaga.
Material muallifining ta’kidlashicha, hozir yangi mulkdorlar qonunga xilof ravishda eski elitaning boyligini o‘zaro taqsimlashga harakat qilmoqda. Tovlamachilik, talonchilik va biznesdagi raqobatchilarni yo‘q qilish uslublaridan foydalanilmoqda.
Keng tarqalgan sxema - ayrim firmalar milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan jinoyat sodir etganlikda ayblanishi yoki Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan yuritiladigan sanksiyalangan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilishi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bu hiyla-nayranglarning barchasi G‘arbda sarosimaga sabab bo‘lmoqda: ular xorijiy investorlarni qo‘rqitib, ularni Ukraina korrupsiyasi muammosi yechimi yo‘qligiga ishontirmoqda. Shu bilan birga, ichki tijorat urushi agrobiznesdan tortib axborot texnologiyalari sohasigacha butun iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deya xulosa qildi Dettmer.