Putin G‘arbni dunyoda energetika va oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarganlikda aybladi

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ayrim mamlakatlar va birlashmalar boshqalarning manfaat va suverenitetini umuman e’tiborsiz qoldirib, dunyodagi o‘z ustunligini saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Dunyodagi energetika va oziq-ovqat inqirozi G‘arb davlatlari tomonidan keltirib chiqarilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti xavfsizlik masalalarini nazorat qiluvchilar yuqori vakillarining XI xalqaro uchrashuvi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.
Putin ayrim mamlakatlar va birlashmalar boshqalarning manfaat va suverenitetini umuman e’tiborsiz qoldirib, dunyodagi o‘z ustunligini saqlab qolishga harakat qilayotganiga e’tibor qaratdi.
“Bularning bari harbiy salohiyatni oshirish, takallufsiz boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashish hamda qator G‘arb mamlakatlari tomonidan keltirib chiqarilgan energetika va oziq-ovqat inqirozlaridan bir tomonlama imtiyoz va afzalliklarga ega bo‘lishga urinishlar bilan kechmoqda” – dedi Rossiya rahbari.