TOShKENT, 24-may — Sputnik. Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident saylovi uchastkalari 39 ta davlatda ochiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining (MSK) raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari mamlakatning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan 56 ta saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin.
Prezident saylovi uchastkalari quyidagi davlatlarda tuziladi:
Avstriya, Afg‘oniston, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Indoneziya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Quvayt, Latviya, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Singapur, Tayland, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Ummon, Fransiya, Hindiston, Shveysariya, Shvetsiya, Eron va Yaponiyada – 1 tadan;
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Turkiyada – 2 tadan;
Qozog‘iston va Xitoyda 3 – tadan;
Rossiya Federatsiyasida – 7 ta.
Mazkur saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi.