Orolbo‘yida madaniy meros bog‘i barpo etilishi kutilmoqda

Toshkentda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasini ochish taklif etildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Orolbo‘yi mintaqasida yangi "Orol madaniy meros bog‘i” barpo etilishi kutilmoqda, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi.
Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov YuNESKO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga bosqichma-bosqich o‘tish, raqamlashtirish tizimi, ekologik ta’lim va madaniyatni joriy yetish, xodimlar va mutaxassilar salohiyatini oshirish borasida takliflar bildirildi.
Takliflar:
O‘zbekistonning atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida milliy ma’ruzasini ishlab chiqish;
BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasini Toshkentda ochish.

“Orolbo‘yi mintaqasida Orol madaniy meros bog‘i innovatsion loyihasini tuzish, madaniy meros obyektlariga tashrif buyuruvchilar markazlarini tashkil etish, iqlim o‘zgarishining oldini olish bo‘yicha strategik ahamiyatga ega dasturlarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunida joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining (CMS) 14-Tomonlar konferensiyasi (COP-14)ni hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olindi.