Biroz bulut va issiq harorat — Toshkentda 24-may uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin havo biroz bulutli bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Bugun Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15-17 daraja, kunduzi +27-29 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haftaning ish kunlari quruq va biroz yuqoriroq harorat fonida o‘tadi.