Kiyevning barcha terrorchilik hujumlari keskin to‘xtatiladi – Zaxarova

Rossiya TIV rasmiy vakili hozir Kiyevda ekstremizm va terrorizm gullab-yashnayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Kiyevning Rossiyaning Belgorod viloyatiga uyushtirgan hujumlarga o‘xshash barcha hujumlari keskinlik bilan to‘xtatiladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Albatta, Artyomovskdagi g‘alabani soyada qoldirish hech kimning qo‘lidan kelmadi. Kiyev rejimining NATO kuratorlarida Ukraina Qurolli kuchlarining allaqanday yuqori jangovar qodirligi va hokazolar to‘g‘risida yolg‘on tasavvur uyg‘otishga mo‘ljallangan qo‘poruvchilarning 22-may kuni Belgorod viloyatiga hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shunga o‘xshash barcha terrorchilik hamlalari bundan buyon ham keskin to‘xtatiladi”, - dedi Zaxarova brifingda.
Diplomatning ta’kidlashicha, hozir Kiyevda ekstremizm va terrorizm gullab-yashnamoqda.
22 may kuni Ukrainaning qo‘prouvchi razvedka guruhi Belgorod viloyatining Grayvoroskiy okrugiga kirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 nafar tinch aholi yarador bo‘lgan, evakuatsiya vaqtida keksa bir ayol vafot etgan. Dushanba kuni viloyatda joriy etilgan aksilterror operatsiyasi rejimi bekor qilindi. Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya harbiylari operatsiya davomida viloyatga bostirib kirgan ukrain millatchi guruhlari yakson qilinganini ma’lum qildi. 70 nafardan ziyod jangari yo‘q qilingan. Rossiya Tergov qo‘mitasi JKning oltita, jumladan, terakt moddasi bilan jinoiy ish ochganini ma’lum qildi.