TOShKENT, 24-may — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) butun dunyoni COVID-19 dan ham battarroq halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot bosh direktori ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
"Yangi kasallik va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa variantning (COVID – tahr.) paydo bo‘lish xavfi saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, yanada halokatli potensialga ega yangi patogenning paydo bo‘lishi xavfi mavjud" - dedi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tayotgan tashkilotning yillik assambleyasida.
Gebreyesus butun dunyoni kelajakda ushbu tahdidga birlashgan holda javob berishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.
Avvalroq JSST 2020-yilda e’lon qilingan COVID-19 global pandemiyasi holatini bekor qilgan edi.