Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi Yevro-5 toifali benzin ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 2024-yilga borib mahsulot turlarini kengaytirib, uning sifatini oshirmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi O‘zbekistonda Yevro-5 toifali benzin va API bo‘yicha II+/III guruh moylash moylarini ishlab chiqaruvchi birinchi va yagona korxonaga aylanadi. Bu haqda "Saneg" kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, zavod 33 foizga modernizatsiya qilindi. U 2024-yilga borib mahsulot turlarini kengaytirib, uning sifatini oshiradi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish loyihasi 2020-yilda, korxona Saneg ishonchli boshqaruvida bo‘lgan davrda boshlangan. Modernizatsiya tufayli zavod 2024-yilga borib mahsulot turlarini kengaytirib, uning sifatini oshiradi.

“Modernizatsiya loyihasini amalga oshirish uchun bugungi kunga qadar jami 249,6 million dollardan ortiq tashqi investitsiyalar va o‘z mablag‘lari jalb etildi. Loyiha zavod ishlab chiqarish quvvatlarini yuklash hajmini yiliga 2 million tonnagacha oshirishni nazarda tutadi. Korxona Saneg konlaridan qazib olingan mahalliy xomashyo bilan ham, xorijdan keltirilgan xomashyo bilan ham ta’minlanadi, – deydi "Saneg" kompaniyasi direktor o‘rinbosari Abdusalom Abdumanoniy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda loyihaga minglab ishchilar va yuzlab maxsus texnika jalb etilgan. Tez orada izomerizatsiya qurilmasi qurilishi boshlanadi, bu esa yuqori oktanli qayta ishlangan neftdan avtobenzinlar hosildorligini oshiradi.
Loyihaning muhim jihati – uglevodorodlarning qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarini kamaytirish va zavodning rezervuar parkinini yangilashdir.
Ayni paytda turli o‘lchamdagi 36 ta yangi zamonaviy rezervuardan 12 tasi o‘rnatilmoqda.
Yangi va mavjud texnologik bug‘ qurilmalarining ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun kimoviy suv tozalash inshooti bilan bug‘ qozonxonani loyihalash va qurish ishlari ham olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, asosiy bloklarni qurish boshlandi. Buning natijasida yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtiriladi, bu - gidrokreking, vodorod ishlab chiqarish va bosimning tebranishini adsorbsiyalash moslamasi.
Neft chiqindilarini utilizatsiya qilish va ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beruvchi neft loyini qayta ishlaydigan sanoat korxonasi ishga tushirildi.