Soxta qon va bayroq — ukrainalik bloger nega Kann kinofestivalidan chiqarib yuborildi?

Ukrainalik bloger Chernobay bo‘yoq bilan provokatsiya qilgani uchun Kanndagi qizil gilamdan haydaldi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Ukrainalik bloger Ilona Chernobay provokatsiya uchun Kann kinofestivalining qizil gilamidan haydaldi. Bu haqda RIA Novosti La Depeche nashriga tayanib xabar berdi.
“Yakshanba oqshomida Kann kinofestivalining qizil gilamiga Ukraina bayrog‘i rangida kiyingan ayol chiqib, ustidan soxta qon to‘kdi”, deb yozadi nashr.
Hodisa fransuz rejissori Justa Filipponing “Kislota” filmining tanlovdan tashqari namoyishi boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan.
Ukrainalik ayol kamera obyektivi qarshisida qizil bo‘yoq solingan xaltalarni olib, ularni boshidan to‘kib tashladi. Xavfsizlik xodimlari uni darhol olib chiqib ketishdi.
Keyinchalik blogerning o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda aytganidek, endi unga festival va boshqa ko‘plab tadbirlarda qatnashish taqiqlangan.