TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi maktabda respublikadagi birinchi virtual kimyo laboratoriyasi ishga tushirildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
“Aqlli ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha tumanning “Qoraxitoy” mahallasidagi 12-umumta’lim maktabning kimyo laboratoriya xonasiga “Interaktiv ta’lim VR” dasturi joriy qilindi.
Maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan birga birinchi darslik sinovdan o‘tkazildi.
“Endilikda kimyo fanidan laboratoriya ishlarida o‘quvchilar kimoviy moddalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashi shart emas. Hammasi virtual shaklda olib boriladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va Chirchiq shaharlari “Innovatsion hudud” maqomiga ega.