Singapur prezidenti O‘zbekistonga ilk bor davlat tashrifi bilan keladi

Tashrif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-25 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Singapur prezidenti Halima Yakub O‘zbekistonga ilk bor davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Singapur rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23-25 ​​may kunlari bo‘lib o‘tadi. Tashrif dasturidan Halima Yakubni Ko‘ksaroy qarorgohida tantanali kutib olish marosimi, Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazish, Singapur rahbari sharafiga davlat ziyofati tashkil etish o‘rin olgan.

Shuningdek, rejaga ko‘ra, Yakub O‘zbekiston-Malayziya biznes-forumi, Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyuradi va Samarqandda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashadi.