O‘zbek teatri Xitoyda konsert berdi – foto

Endilikda Xitoyda “O‘zbek teatri kunlari” tashkil etiladi, gala-konsertlar hamda turli hamkorlik uchrashuvlari tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. 21-22 may kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi Xitoyning Pekin shahriga gastrol safari bilan bordi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
100 dan ortiq teatr ijodkorlari gastrol safarida Xitoy madaniyati, milliy teatr san’ati, sozandalik sirlari bilan tanishishdi.
Safar chog‘ida Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bilan Xitoy milliy opera teatri bosh direktori Lyu Yunchji, direktor o‘rinbosari Li Danyan bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida kelishuv memorandumi imzolandi.
Endilikda Xitoyda “O‘zbek teatri kunlari” tashkil etiladi, gala-konsertlar hamda turli hamkorlik uchrashuvlari tashkil etiladi.
Pekin shahridagi “Beijing Opera House” teatrida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri orkestrining simfonik konsert dasturi namoyish etildi. Dasturdagi o‘zbek hamda jahon klassik musiqasidan o‘rin olgan sara asarlar barchani lol qoldirdi.