Yomg‘ir, shamol va issiq harorat — Toshkentda 23-may uchun ob-havo

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Bugun Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mukin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, 23-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kechasi +17-19, kunduzi +28-30 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin.