G7 Xitoyni tahdid deb atab, dunyoni alday olmaydi — Xitoy TIV

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi G7ning Pekin tahdidi haqidagi bayonotlarini nojoiz deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. G7 xalqaro huquqni buzgan holda Xitoyni tahdid deb atab, “dunyoni alday olmaydi”. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Katta yettilikning ba’zi a’zolari Xitoyni "global xavfsizlik va farovonlikka eng katta tahdid" deb atashadi. Jiddiymi?", deb yozadi u o‘zining Twitter sahifasida.
Diplomatning ta’kidlashicha, Xitoy jahon iqtisodiyotining “birinchi raqamli dvigateli” bo‘lib, “Katta yettilik”ning barcha a’zolari birlashganidan ko‘ra ko‘proq o‘sishga yordam beradi.
Shuningdek, u dunyoning 140 dan ortiq davlatlarining asosiy savdo sherigi va BMTning tinchlikparvar operatsiyalarini moliyalashtirishda ikkinchi o‘rinda turadi.

"Agar Xitoy tahdid bo‘lsa, suveren davlatlar bilan urush boshlagan, boshqa mamlakatlarda qonuniy hukumatni ag‘darib tashlaydigan, ko‘p tomonlama kelishuvlardan voz kechadigan va boshqa mamlakatlarni ta’minot zanjirlarini kesishga majbur qiladigan G7 a’zolari unda kim?", deya qo‘shimcha qildi u.

Diplomat, shuningdek, AQSh so‘nggi yillarda qaysi xalqaro shartnomalardan chiqqani ko‘rsatilgan infografikani ham chop etdi va "AQSh xalqaro qoidalarga qanday "bo‘ysunishi" haqida eslatma", deb yozdi.
Infografikada ko‘rsatilgan kelishuvlar orasida Parij kelishuvi, YuNESKO, O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma, Ochiq osmon shartnomasi va boshqalar bor.