TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonlik 8 yoshli Davlatbek Abdullayev Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
© press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblasti
Ta’kidlanishicha, bekobodlik Davlatbek Abdullayev 4-yildan buyon sport bilan shug‘ullanib keladi. U ayni kunlarda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Winner sup-2023” xalqaro musobaqasida karatening WKF turi bo‘yicha bahs olib bordi.
Davlatbek Abdullayev dunyoning ko‘plab davlatlaridan kelgan sportchilar bilan bir qatorda bahs olib borib, oltin medal sohibi bo‘ldi.