TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi – O‘zbekistonning tabiiy va yaqin hamkori. Barcha yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli munosabatlar doimiy asosda mustahkamlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar boshlanishidan oldin ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi – bu O‘zbekistonning tabiiy va yaqin hamkori. O‘tgan yil sentabrida Samarqandda (Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida – tahr.) munosabatlarimiz tarixining yangi davri belgilab olingan. Ikki davlat yetakchilari tomonidan keng qamrovli strategik sherikchilik to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi. Biz doimiy ravishda barcha muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli munosabatlarimizni mustahkamlab kelyapmiz. Yangi o‘sish drayverlarini izlash va mavjud zaxiralarni amalga oshirishni mo‘ljallab, bu sur’atni saqlash va oshirishga qat’iyan ahd qilganmiz”, - dedi Saidov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlari vaziri kecha Moskvada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan hamkorlik istiqollarini muhokama qilish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda.