TOShKENT, 22-may — Sputnik. Qirg‘izistonda fuqarolardan chegaradan o‘tishda pul undirib kelgan mamlakat chegara xizmati harbiylari qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar qildi, deb yozadi Musofir/Migrant Telegram-kanali.
Xabarga ko‘ra, "Qaytpas" va "O‘tukchu" nazorat-o‘tkazish punktlari xodimlari chegaradan o‘tayotgan odamlarni ataylab chorasiz vaziyatga solib, muntazam ravishda pora undirishgan.
Xususan, ular Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasidan muammosiz o‘tish uchun 1000 somgacha (taxminan 130 ming so‘m) pul talab qilishgan.
16 may kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bu punktlarda tintuv o‘tkazgan va to‘rt harbiy xizmatchini qo‘lga olgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.