O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marotaba oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida qatnashmoqda

Mazkur olimpiadada eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar O‘zbekiston vakili 53-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marotaba oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ayni damda 8 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchilar Mongoliyadagi Osiyo fizika olimpiadasi (APhO) da ishtirok etmoqda.
Terma jamoa tarkibi:
Javohir Sultonov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Jasurbek G‘ulomjonov — Namangan viloyati, Chust tumani, 71-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Nozimaxon Quvondiqova — Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, To‘lqin FM NTM, 11-sinf o‘quvchisi;
Jaloliddin Boymahammadov — Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Xurshid Rustamov — Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Mirshod Rajabov — Buxoro viloyati, Vobkent tumani, ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
Azizbek Eshmo‘minov — Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani 12-IMI, 11-sinf o‘quvchisi;
Javohir Sa’dullayev — Nukus shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi.
Ma’lumot uchun, mazkur olimpiadada eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar O‘zbekiston vakili 53-Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasiga Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.