TOShKENT, 22-may — Sputnik. Namanganda o‘tkazilayotgan 62-xalqaro gullar festivali doirasida ilk bor katta masshtabda Namangan Tech Summit - xalqaro IT forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Unda ta’lim rezidentlari, zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, kreativ tadbirkorlik, ilmiy va kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
“So‘nggi uch yilda viloyatda IT-kompaniyalar soni o‘n barobarga ortib, qariyb 200 tani tashkil etmoqda. IT sohasidagi xizmatlar eksportida ham Namangan Respublikada kuchli uchlikdan o‘rin egallagan”, - dedi Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazakov.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Bundan ikki yarim yil avval Namangan tajribasi sifatida viloyatning barcha shahar-tumanlarida 14 ta IT ta’lim markazlari tashkil etilgan.
Hozirda viloyatda bunday IT ta’lim markazlari soni o‘n barobarga ortib, qariyb 150 taga yetgan. Unda minglab yoshlar zamon talabidagi kasbni egallamoqda.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Ular orasida Finnet technologies, Intelligent Wave, United IT clubs, PDP University, Thinkland , FrontEnd Development kabi zamonaviy innovatsion sektorlar mavjud.
Hozirda sohani rivojlantirishda Rossiya, Xitoy, Turkiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.