TOShKENT, 22-may — Sputnik. Namanganda o‘tkazilayotgan 62-xalqaro gullar festivali doirasida mehmonlarga viloyatning Davlatobod tumanidagi zamonaviy IT kutubxona tanishtirildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
“Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo markazi” axborot-kutubxona markazi 24 mlrd so‘m davlat budjeti hisobiga qurilgan. Fond va xizmat ko‘rsatish tizimi to‘liq elektronlashtirilgan. Har bir kitobga elektron chip o‘rnatilgan. Bu kitobning xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi”, - dedi kutubxona fondi boshlig‘i Sojidaxon Tursunboyeva.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Kutubxonada 70 000 dan ortiq kitoblar bor, 100 000 elektron kitob bazasi yaratilgan. Kitobxon kutubxona xodimisiz kitobdan bemalol foydalanishi mumkin.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
“Kutubxonada “Easy book” nomli maxsus elektron qurilma o‘rnatilgan. Undan kitobdagi elektron chip orqali foydalaniladi. Kitobxon bemalol mustaqil ravishda qurilma orqali kitobni uyga olib ketishi va foydalangach, kelib topshirib ketishi mumkin. Elektron qurilma o‘zbek, rus, ingliz tillarida ishlaydi”, - dedi mutaxassis.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Zamonaviy elektron kutubxonada Book cafe, reception, bolalar bo‘limi, o‘quv zali, IT park, kovorking zona mavjud.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev