Namangan gullarga burkandi – foto

Festivalga qo‘shni Qirg‘izistondan 5839 nafar, Qozog‘istondan 283 nafar va Tojikistondan 149 nafar sayyoh tashrif buyurdi.
Sputnik
NAMANGAN, 22-may — Sputnik. Namanganda shahrida 62-xalqaro gullar festivali o‘tkazilmoqda. Shahar markazidagi Bobur nomidagi istirohat bog‘i, shahar ko‘chalari gullar bilan bezatildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
Jami 3000 turga yaqin 36 mln tup gullar ekildi. Ular orasida chuchmoma, safsar, chinnigul, atirgul, momaqaymoq, xina gullari va boshqa gullar bor.
Festivalga qo‘shni Qirg‘izistondan 5839 nafar, Qozog‘istondan 283 nafar va Tojikistondan 149 nafar sayyoh tashrif buyurdi.
Shu bilan birga, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Bangladesh, Hindiston va boshqa davlatlardan mehmonlar keldi.
1 oy davom etadigan festivalda O‘zbekiston va Rossiya qo‘l jangchilari o‘rtasida beshga-besh xalqaro turniri o‘tkaziladi. Shuningdek “Talant shou”, “Illyuziya shou”, Jahon kino haftaligi, Xalqaro etnosport festivali, O‘zbekiston xalq baxshilarining jonli aytishuvlari, viloyat palov chempionati, “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkaziladi.