TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini qayd etib, tomonlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, yo‘l qurilishi mashinasozligi va farmatsevtika sohalarida hamkorlikni ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi axborot va matbuot departamenti.
"G‘arb tomonidan noqonuniy to‘siqlarni joriy etish orqali jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan nomutanosibliklardan kelib chiqadigan qiyinchiliklarga qaramay, o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Buni 2022-yildagi savdo ma’lumotlari ko‘rsatmoqda - 8,7 mlrd $ (2021 yildagi o‘sish bilan solishtirganda) 26 %ni tashkil etdi”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, joriy yilda o‘zaro tovar ayirboshlashning ijobiy dinamikasi saqlanib qolmoqda. "Shunday qilib, birgina joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,2 %ga (1,2 mlrd $gacha) o‘sdi. Qo‘shma loyihalar to‘liq hajmda amalga oshirilmoqda", — deb qo‘shimcha qilindi RF TIVda.
Tomonlar Rossiya Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan loyiha idorasining sanoat va savdo sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishdagi samaradorligini qayd etilib, 46 ta yangi qo‘shma loyihalardan iborat “portfel”ni shakllantirdi.
“Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, yo‘l qurilishi injiniringi va farmatsevtika sohalarida o‘zaro hamkorlikni ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirish rejalashtirilmoqda”, - deb xulosa qildi Rossiya vazirligi.