TOShKENT, 22-may – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari ekspertlari jinoiy daromadlarni legallashtirish xavfini baholash bo‘yicha xalqaro markaz to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishib oldi, deb xabar qildi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
“22 may kuni MDH shtab-kvartirasida Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfini baholash bo‘yicha xalqaro markazni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim loyihasi bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. MDH vakillari davlatlardan kelib tushgan mulohazalar va takliflarni ko‘rib chiqdi, ekspertlar hujjat bo‘yicha kelishib olindi. Kelishuv loyihasi belgilangan tartibda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisiga kiritishga qaror qilindi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi xalqaro markazning tashkil etilishi moliyaviy razvedka bo‘linmalari ishi orqali davlatlararo ma’lumotlarning samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlashga yordam berishini va tegishli risklarni milliy darajada baholashni ta’minlashini ta’kidladi.