O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Lavrov: Rossiyada o‘zbekistonliklar saylovda ovoz berishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari prezident saylovida ovoz berishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi – Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Moskva iyul oyida bo‘lib o‘tadigan prezidenti saylovida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada ovoz berishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Bilamizki, yangi konstitutsiyaga muvofiq, joriy yil 9-iyul kuni prezident Mirziyoyevning muddatidan avval prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoni chiqdi. Ishonchimiz komilki, saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuqori tashkiliy darajada o‘tadi. O‘z navbatida biz Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari – mehnat migrantlari, boshqa vatandoshlar o‘z xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratamiz”, — dedi u O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvda.
"Bu borada biz elchixonangiz, Rossiya Federatsiyasidagi boshqa diplomatik muassasalaringiz bilan juda yaqin hamkorlik qilmoqdamiz. Shuning uchun ham ushbu tadbir muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha zarur ishlar amalga oshiriladi", - dedi vazir.
Muddatidan oldin prezidentlik saylovlari 9-iyulga belgilangan. Saylovoldi tashviqoti 10-may kuni boshlandi. Bu prezidentlik muddatini 5-yildan 7-yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishdan keyingi ilk prezidentlik saylovi bo‘ladi.