TOShKENT, 22-may — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘ ham tarkibiga kiruvchi Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq arman aholisi xavfsizligi ta’minlangan shart-sharoitlarda. Bu haqda u matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi.
“Armaniston Ozarbayjonning 86,6 ming kvadrat kilometr hududini tan oladi va Ozarbayjon Armanistonning 29,8 ming kvadrat kilometr hududiy yaxlitligini tan olishga tayyorligidan kelib chiqadi. Ozarbayjonning 86,6 ming kvadrat kilometri Tog‘li Qorabog‘ni ham o‘z ichiga oladi, biroq shuni ham ta’kidlash zarurki, Tog‘li Qorabog‘dagi armanlarning huquqlari va xavfsizlik masalasi Boku- Stepanakert formatida muhokama qilinishi lozimligi haqida gapirapmiz”, - dedi Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri Yerevan bunday muzokaralar bo‘lishi o‘tishi uchun xalqaro kafolatlarni kutishini qo‘shimcha ma’lum qildi.