Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy Artyomovsk boy berilganini tasdiqladi

Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari Artyomovskni boy berganini tan oldi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari Artyomovskni boy berganini tan oldi, deya xabar bermoqda “Reuters”.
Ukraina yetakchisi “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari sammiti bo‘lib o‘tayotgan Yaponiyaning Xirosima shahrida jurnalistlarning Artyomovsk hozirda Ukraina harbiylari nazorati ostidami, degan savoliga javob berar ekan, shunday bayonot berdi.
“Menimcha, yo‘q. Bugun u faqat bizning qalbimizda qoladi”, - dedi Zelenskiy.
Kecha, 20-may kuni “Vagner guruhi” asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya kuchlari Artyomovskni (Baxmut) to‘liq nazorat ostiga olganini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaharni ozod qilishda qatnashgan barcha jangchilarni tabrikladi.
Artyomovsk DXR hududida, Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir. Shahar atrofida shiddatli janglar ko‘p oy davom etdi.