Xorazmda “Damas” va “Labo” ishlab chiqarish yiliga 150 ming donaga yetkaziladi – UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida “Damas” va “Labo” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish dasturini yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Xorazmda “Damas” va “Labo” avtomobillarini ishlab chiqarish yiliga 150 ming donaga yetkaziladi. Bu haqda UzAuto Motors matbuot xizmati xabar berdi.
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida “Damas” va “Labo” avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish dasturini yakunladi.
“Endilikda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu talabgir modellarning ishlab chiqarish hajmini yiliga 150 ming donaga bosqichma-bosqich oshirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida yetkazib berish muddatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifida viloyat hokimiga shunday vazifa qo‘ygandi. Bunga 20 mln dollar miqdorida investitsiya jalb qilinishi va shu orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ma’lum bo‘lgandi.