Havo harorati +30 darajaga ko‘tariladi — Toshkentda 21-may uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, 21-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Bugun Toshkentda havo harorati +30 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, 21-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Kechasi +16-18, kunduzi +28-30 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.