Namangandagi Gullar festivalida gulli liboslar taqdim etildi – foto

Xalqaro hunarmandlar yarmarkalarida mazkur liboslarning ko‘rgazmalari o‘tkaziladi hamda savdo stendlari tashkil etiladi.
Sputnik
NAMANGAN, 21-may — Sputnik. Namanganda o‘tkazilayotgan 62-xalqaro gullar festivalida gulli liboslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Unda ipak, atlas, shoyi, oq adras kabi matolardan milliy liboslar taqdim qilindi. Liboslarda lola, atirgul, nilufar guli, tog‘ gullari, atlas naqshi tushirilgan.
Dasturdan shahar markazi ko‘chalari bo‘ylab gulli liboslar ishtirokidagi “Fashion street shou” o‘rin olgan. Xalqaro hunarmandlar yarmarkalarida mazkur liboslarning ko‘rgazmalari o‘tkaziladi hamda savdo stendlari tashkil etiladi.
Bugun Namangan shahri markazida joylashgan Bobur istirohat bog‘ida 62-xalqaro gullar festivalining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirlarda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon kabi 52 ta mamlakatdan mehmonlar ishtirok etmoqda.
Festival dasturidan xalqaro hunarmandlar yarmarkalari, lazer va dron shoular, viloyat musiqali drama teatrining spektakllari, shou konsertlar o‘rin olgan.