Medvedev Maskni Artyomovskka taklif qildi

Medvedev Maskning o‘tgan yilgi tvitiga javob berib, uni Artyomovskka taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev amerikalik tadbirkor Ilon Maskni Artyomovskka taklif qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
O‘tgan yilning oktabr oyida Medvedev Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Liz Trassning iste’foga chiqish qaroriga izoh berib, “Twitter”da “Xayr- xayr, tabriklayman latuk” degan xabarni qoldirgan edi.
Mask Medvedevning hazilini yuqori baholab, bu xabarga munosabat bildirdi. Shu bilan birga, amerikalik milliarder Rossiyaning Artyomovskda ishlari “qanday ketayotganini” so‘radi.
“Ilon Mask, sen mendan Baxmut haqida so‘ragan eding... Kel, o‘zing ko‘r!”, deb yozadi Medvedev o‘zining Twitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni tushda Rossiya kuchlari Artyomovskni (Baxmut) to‘liq nazorat ostiga oldi. Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismida, Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir. Shahar atrofida sakkiz oydan ortiq vaqtdan beri shiddatli janglar davom etmoqda.