O‘zbekistonlik bokschilar Xabarovskdagi xalqaro xotira turnirida qatnashadi

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks faxriysi Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 21-may — Sputnik. 22-28 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks faxriysi Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari vakillari ham ishtirok etishadi, deb xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Terma jamoa mazkur xalqaro turnirda quyidagi tarkibda qatnashadi:
Ayollar:
-50 kg: Sabina Boboqulova;
-50 kg: Feruza Kazakova;
-54 kg: Nigina O‘ktamova;
-57 kg: Sitora Turdibekova;
-60 kg: Rayhona Qodirova;
-66 kg: Navbahor Hamidova;
-75 kg: Aziza Zokirova.
Murabbiylar: Elshod Rasulov, Temur Axbayev.
Erkaklar:
-54 kg: Qodir Axtamov;
-54 kg: Davlatbek A’zamov;
-63,5 kg: Jamshidbek Siddiqov;
-67 kg: Bekzod Hamidov;
-67 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev;
-71 kg: Aman Konsbekov;
-75 kg: Alisher Ayubov;
-75 kg: Suhrob Kayimov;
-80 kg: Odiljon Aslonov;
-92 kg: Amirshoh Samadov.
Murabbiylar: Ravshan Xodjayev, Alisher To‘ychiyev.