O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlari Xitoyda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishdi? — foto

Qirg‘iziston va O‘zbekistonning birinchi xonimlari uchun Xitoyda madaniy dastur tashkil etildi.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy yetakchilarining rafiqalari Ziroatxon Hoshimova, Aygul Japarova, Pen Liyuan birgalikda Sian shahridagi Isu teatriga (Shensi operasi) tashrif buyurishdi, deya xabar berdi "Kabar" MAA.
Davlat rahbarlari hamrohligida 18-19 may kunlari Xitoyda bo‘lgan Qirg‘iziston va O‘zbekistonning birinchi xonimlari uchun madaniy dastur tashkil etildi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
Teatr turli xil an’anaviy xitoy san’atlarini, jumladan, opera, an’anaviy raqs, qo‘shiq va xitoy cholg‘u musiqasini birlashtiradi.
Mazkur teatr Sian shahridagi eng mashhur joylardan biri hisoblanadi.
Hurmatli mehmonlar teatr muzeyi ekspozitsiyasi bilan tanishdi, qo‘g‘irchoq teatrining qisqacha spektaklini, shuningdek, bolalar raqs jamoalarining chiqishlarini tomosha qilishdi. Qolaversa, birinchi xonimlar Sins operasidan parcha ham tomosha qilishdi.