TOShKENT, 20-may — Sputnik. Toshkentning markaziy ko‘chalarida avtomobillar harakatlanishi uchun qimsan cheklovlar bo‘ladi, bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.
Amir Temur shohko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorahasi va shohko‘chaning Alisher Navoiy ko‘chasiga bo‘lgan oralig‘ida avtomobillar harakatlanishi uchun qimsan cheklovlar bo‘ladi.
Karta
© Xokimiyat goroda Tashkenta
Ayni kunlarda "Hududiy elektr tarmoqlari"ning Toshkent shahar filiali tomonidan rekonstruksiya va qurilish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab yangi elektr tarmog‘i qurilishi davom etmoqda.