TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekistonda 4 oyda 27 739 ta “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni 80 mingdan oshdi.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
“Cobalt” - 27 739 dona;
“Lacetti-Gentra” - 20 673 dona;
“Damas” - 19 052 dona;
"Tracker" - 3 618 dona;
“Onix” - 3 104 dona;
“Nexia T-250” - 1 985 dona;
Maxsus yengil avtomobillar - 7 194 dona.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 283,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 10 489 ta yengil avtomobil import qilgan.Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1981 taga oshgan. O‘zbekiston 3 oyda 19 ta davlatdan yengil avtomobillar import qilgan.