Havo harorati +29 darajagacha isiydi — Toshkentda 20-may uchun ob-havo

Bugun O‘zbekiston poytaxtida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Bugun Toshkentda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, poytaxtda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kechasi +15-17, kunduzi +27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.