Uy noni sotib butun Sirdaryoga mashhur bo‘lgan novvoy ayol — video

Novvoylikdan daromad kam, lekin u Gulbahor opaning sevimli ishga aylangan. Uning mahsulotlar turini kengaytirish bo‘yicha bir orzusi bor.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashovchi Gulbahor Xudoyberdiyeva qariyb 20-yildan buyon non pishirib sotadi. Odamlar uning nonini xarid qilgani viloyatning turli burchaklaridan kelishadi. Daromad kam bo‘lishiga qaramay, novvoylik Gulbahor opaning sevimli ishi.
U non sotib ko‘rgan daromadi bilan yolg‘iz o‘zi uch qizini ulg‘aytirib, ularni o‘qitishga erishgan. Uning orzusi – mahsulotlari turini kengaytirish uchun kichik bir novvoyxona ochish.