TOShKENT, 20-may — Sputnik. Ispaniya armiyasining F-18 qiruvchi samolyoti Saragosa aviabazasida halokatga uchradi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Halokat paytida havo kuchlari ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. O‘sha jarayonda samolyot noma’lum sabablarga ko‘ra yerga qulagan.
Uchuvchi o‘zini irg‘itishga ulgurgan va u darhol tibbiy vertolotda kasalxonaga olib ketildi.
Avariya sabablari haqida ma’lumot berilmagan. O‘t o‘chiruvchilar qiruvchi samolyot halokatga uchraganidan bir necha daqiqa o‘tib, u keltirib chiqargan yong‘inni o‘chirish uchun voqea joyiga yetib kelgan.