Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Emomali Rahmon bilan qanday masalani muhokama qildi?

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan uchrashib, ikkita dolzarb masalani muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Emomali Rahmon bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasini ko‘rib chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev Sian shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Lideri Uzbekistana i Tadjikistana obsudili aktualnie voprosi dvustoronney povestki
Ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar:
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish;
strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish.
Yetakchilar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-may kuni Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishining samarali yakunlarini yuksak baholashdi.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini, shu jumladan energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport-kommunikatsiya va boshqa tarmoqlarda ilgari surish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalda bajarish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqishdi.