TOShKENT, 19-may — Sputnik. Moskva va Vashington o‘rtasida qurol nazorati bo‘yicha jiddiy aloqalar olib borilmayapti, huquqiy bazaning so‘nggi qoldiqlari oyoq ostidan sirg‘alib ketmoqda, vaziyat juda achinarli, va mas’uliyat butunlay AQSh zimmasida. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bir guruh nufuzli respublikachi senatorlar AQShning Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishi va mamlakat yadroviy kuchlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongressga taqdim etdi.
“Umuman olganda, qurol nazorati va strategik barqarorlik masalasi nafaqat Rossiya va AQSh, balki butun dunyo uchun nihoyatda muhim mavzudir. Va endi biz faqat afsus bilan aytishimiz mumkinki, Moskva va Vashington o‘rtasida bu masalalar bo‘yicha jiddiy substantiv aloqalar olib borilmayapti”, - dedi u.
Peskov “bu sohadagi xalqaro huquqiy bazaning so‘nggi qoldiqlari oyog‘ ostidan sirg‘alib ketayotganini” ta’kidladi.
"Vaqt qisqarmoqda, shuning uchun bu yerda vaziyat achinarli. Va bu achinarli vaziyat uchun javobgarlik butunlay Vashington zimmasida", - deya xulosa qildi u.