Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Patrushev: harbiy operatsiya neonatsizm tarqalishining oldini olishda yordam beradi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi hozir Rossiya Qurolli kuchlari jasorat va qahramonlik ko‘rsatib, munosib ravishda jangovar vazifalarni hal etishayotganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya maqsadlarini bajarib, dunyoda neonatsizm tarqalishi tahdidining oldini olishi mumkin. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Siktivkardagi yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
U hozir Rossiya Qurolli kuchlari jasorat va qahramonlik ko‘rsatib, munosib ravishda jangovar vazifalarni hal etishmoqda.
“Rossiya prezidenti tomonidan belgilab berilgan maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish neonatsizm tarqalishi tahdidini yo‘q qilish, xalqaro huquq, ko‘p qutblik va bo‘linmas xavfsizlik tamoyillari asosida adolatli dunyo tizimini barpo etishni ta’minlashga imkon beradi”, - dedi Patrushev.