O‘zbekiston Xitoy banki bilan yangi sheriklik dasturini qabul qiladi

O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Yangi Sheriklik dasturini qabul qilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston tez kunlarda Xitoy banki bilan yangi sheriklik dasturini qabul qiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsun ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy Szin Litsunya v ramkax meropriyatiy vtorogo dnya gosudarstvennogo vizita v KNR.
Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal sur’atda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda quyidagi masalalariga alohida e’tibor qaratildi:
Kambag‘allikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish;
Transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
Xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Aziatskogo banka infrastrukturnix investitsiy Szin Litsunya v ramkax meropriyatiy vtorogo dnya gosudarstvennogo vizita v KNR.
Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.