O‘zbekiston va Ozarbayjon qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etmoqda

Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo bitimni tasdiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston bilan qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo bitimni tasdiqladi.
Tegishli hujjat Ozarbayjon prezidenti saytida e’lon qilindi.
Bitim 2023-yil 24-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va O‘zbekiston hududlari qo‘shma forumi yig‘ilishi doirasida imzolangan.
Jamg‘armaning ustav kapitalining boshlang‘ich hajmi 500 mln $ni tashkil etadi, jamg‘arma kapitalidagi Ozarbayjonning ulushi 75 %ni, O‘zbekistonniki esa 25 %ni tashkil qiladi.
Jamg‘armaning asosiy maqsadi – qo‘shma loyihalarni, jumladan, uchinchi mamlakatlardagi loyihalarni kreditlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, Boku va Toshkent o‘rtasidagi savdo aylanmasi va sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashdan iborat.