TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekistondagi bog‘chalarda o‘tkaziladigan har qanday tadbirlar uchun pul yig‘ish qat’iyan man etiladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bog‘chalardagi ta’mirlash, turli tadbirlar (Xayr, bog‘cha) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan man etiladi.
Agar bog‘chalarda mablag‘ yig‘ish bilan bog‘liq holatlardan xabardor bo‘lgan ota-onalardan (71)-207-04-07 ishonch telefoniga murojaat qilish so‘ralgan.
Ma’lumot uchun, hozirda mamlakatda 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. So‘nggi besh yilda 422 ta davlat bog‘chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o‘rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga yetgan.