Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"Xanjar" raketalari Kiyevda "Patriot"ning 5 ta uchirish qurilmasini yo‘q qildi

Mudofaa vazirligi: 16-may kuni “Xanjar” zarbasi natijasida Kiyevda "Patriot" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining 5 uchirish qurilmasi yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari “Xanjar” ("Kinjal") gipertovushli raketa tizimidan foydalangan holda ko‘p funksiyali radar stansiyasini (RLS) va “Patriot” havo mudofaa tizimining 5 ta uchirish moslamasini yo‘q qildi, deb xabar qildi RF Mudofaa vazirligi.

“Ishonchli ma’lumotlarga ko‘ra, 16-may kuni “Xanjar” gipertovushli raketalari bilan berilgan zarbalarnatijasida Kiyev shahridagi ko‘p funksiyali radiolokatsion stansiyasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan “Patriot” zenit-raketa majmuasining 5 ta uchirish moslamasi butunlay vayron qilingan”, — deyilgan axborotda.

Seshanba kuni Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari joylashtiriladigan punktlarga, shuningdek, G‘arb davlatlaridan keltirilgan o‘q-dorilar, qurol-yarog‘ va jihozlar saqlanadigan joylarga zarba berilganini e’lon qildi. Xususan, Kiyevdagi AQShning “Patriot” zenit majmuasini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan “Xanjar” gipertovushli raketasi haqida so‘z yuritildi. Keyinroq RIA Novosti manbasining aniqlik kiritishicha, snarad MiG-31K qiruvchisi tomonidan uchirilgan.
Shu kuni Internetda Ukraina poytaxtidan raketa zarbasini qaytarishga urinayotgan "Patriot"larning ishi aks etgan videolar tarqaldi. Shu bilan birga, alohida kadrlarda Amerika havo mudofaasi tizimlarining joylashuvi hududida kuchli portlash sodir bo‘lgani ko‘rsatilgan.