Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina OAVlari Odessada kuchli portlashlar haqida xabar bermoqda — video

Ukraina OAVlari: havo hujumi ogohlantirishi vaqtida Odessada portlashlar sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Ukrainaning Odessa viloyatida portlashlar sodir bo‘ldi, deb yozdi Ukraina mahalliy nashri.
“Odessada portlashlar eshitildi”, — deb xabar qildi OAV o‘z muxbirlariga tayanib.
Bugun erta tongda Xarkov va Xerson viloyatlarining Odessa, Nikolay va Kiyev nazoratidagi qismlarida havo ogohlantirishi e’lon qilingandi.
10 oktabrdan boshlab Rossiya armiyasi butun Ukraina bo‘ylab energetika, mudofaa sanoati, harbiy qo‘mondonlik va aloqa obyektlariga raketa zarbalarini bermoqda.
Vladimir Putin ta’kidlaganidek, birinchi hujum Kiyev rejimi tomonidan Qrim ko‘prigida uyushtirilgan teraktga javob bo‘lgan. O‘shandan beri Ukraina hududlarida har kuni, ba’zan butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirishlar e’lon qilinmoqda.